Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi bankda pensionerlarga majburan lotereya sotilgani töğrisida murojaatni örganib, holat yuzasidan bankka sörov xati yuborganini ma'lum qildi.
Fuqaro E.N. tomonidan agentlikka kelib tuşgan murojaatga köra, unga bank xodimlari ijtimoiy nafaqa pullariga majburiy tarzda lotereya sotgan.
Murojaatda iste'molçi bank xodimlari tomonidan ijtimoiy nafaqa pullariga majburiy tarzda lotereya sotişayotganidan norozi bölib mahalla nomidan çiqayotganligini bildirgan.
Özbekiston Respublikasi «Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonunning 21 moddasiga köra, sotuvçi (ijroçi) iste'molçini haq evaziga qöşimça tovarlar sotib olişga yoki qöşimça xizmatlardan foydalanişga qistaşga, şuningdek, körsatilmagan xizmatlar uçun haq olişga haqli emas.
Ta'kidlanişiça, holat yuzasidan iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi bankka sörov xati yuborgan. Bank tomonidan taqdim etilgan javob xatida ijtimoiy nafaqa pullarini tarqatiş vaqtida fuqarolarga lotereya oliş taklif qilingani tasdiqlangan.
«Xalq banki» matbuot kotibi Yunus Böronovning ma'lum qilişiça, «Xalq banki» Guliston filiali xodimi pensiya pulini tarqatiş vaqtida fuqaro E. N.ga ikki dona lotereya çiptasini sotib olişni taklif qilgan. Ammo pensioner lotereya çiptalarini olişni rad etgan va unga pensiya mablağlari töliq tölab berilgan.
«Uşbu holat böyiça bank xodimi N.O.ga mehnat qonunçiligiga asosan intizomiy jazo çorasi körildi. Kelgusida bunday xatolar takrorlanmasligi uçun bank xodimlariga tegişli tuşuntirişlar berildi», – deydi bank vakili.












