Rossiya Davlat Dumasi spikeri örinbosari Boris Çernişov mamlakatda tuğiliş darajasini oşiriş uçun yangi tuğilgan çaqaloqlar örtasida Butunrossiya lotereyasini ötkazişni taklif qildi. Uning taşabbusiga köra, lotereya doirasida xonadonlar, avtomobillar va maişiy texnikalarning oylik öyinlari ötkazilişi mumkin.
«Gap Rossiyada tuğilişni rağbatlantiriş maqsadida yangi tuğilgan çaqaloqlar uçun butun Rossiya lotereyasini ötkazişda. Masalan, Rossiyaning yangi tuğilgan fuqarolari örtasida har oyda 10 ta xonadon, 100 ta avtomobil va 1000 ta uy jihozlari töplamini lotereya sifatida ötkaziş», dedi Çernişov RIA Novosti bilan suhbatda.
Vitse-spiker sözlariga köra, lotereyada iştirok etiş FHDYo ma’lumotlari asosida avtomatlaştirilişi mumkin. Uning qöşimça qilişiça, şunga öxşaş loyihalar allaqaçon mahalliy darajada - Leningrad viloyati va Xabarovskda amalga oşirilgan.
Avvalroq, Rossiyada tuğiliş koeffitsiyenti rekord darajada past — 1,4 miqdorga tuşib qolgani haqida xabar berilgan edi. Mamlakat aholisi bir xil darajada saqlanib turişi uçun uşbu koeffitsiyent 2,2 miqdorida saqlanib turişi lozim.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov demografik vaziyatga baho berib, «Biz dunyoning eng katta davlatida yaşaymiz. Biroq yildan yilga kamaymoqdamiz», degan edi.








