Ma'lum qilinişiça, ayni paytda respublikada 13 ta sanitariya jihatidan tozalaşga ixtisoslaştirilgan davlat unitar korxonalari hamda ularning tuman va şaharlardagi 174 ta filiali, şuningdek, «Maxsustrans» DUK hamda 101 ta xususiy korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Prezidentning 2019 yil 17 apreldagi qarori bilan, «2019–2028 yillarda Özbekistonda qattiq maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş strategiyasi» tasdiqlangan. Unda, qattiq maişiy çiqindilarni qayta işlaşning samarali va zamonaviy tizimini yaratiş közda tutilgan.

Şu bilan birga, çiqindilarni olib çiqib ketiş tariflari iste'molçilar tomonidan çiqindilar saralab yiğilganini inobatga olib, pasaytirilgan holda belgilanadi.

Saralangan çiqindi turi, xususan keng tarqalgan plastikni qayta işlaş muhim ahamiyatga ega. Plastikdan granula olinib, ikkilamçi xomaşyoga aylanadi. Mazkur xomaşyodan köplab mahsulotlarni işlab çiqariş mumkin.

Xususan, Özbekistonda «Sanfa Producs» kompaniyasi – birinçilardan bölib klaster tizimi asosida plastik çiqindilarni qayta işlab, tayyor mahsulot işlab çiqarib, eksportga qöygan kompaniyalardan biri.

Hozirda mazkur kompaniya bir yilda 2000 tonna plastmassa idişlarini qayta işlaş natijasida linoleum uçun asos, avtoyöllar, gidroinşootlarning qurilişi uçun zarur geotekstil, polimer geomembrana, yengil sanoat uçun sintepon va boşqa mahsulotlarni işlab çiqarmoqda.

Şunday korxonalardan yana biri – Surxondaryo viloyatida joylaşgan       «BioTexno Eko» korxonasi bölib, yillik quvvati 180 000 tonna, bir sutkada 500 tonna maişiy çiqindilarni saralab qayta işlaydi. Tsellofan, plastik, plastmassa kabi maişiy çiqindilardan granulalar, polietilen quvurlarni işlab çiqaradi.

Maişiy çiqindilar butun dunyoda arzon xomaşyo hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi uning 85 foizini qayta işlaş mumkinligini körsatmoqda.

Şimoliy Yevropa mamlakatlarida allaqaçon çiqindilarni alohida yiğiş yölga qöyilgan, natijada qoğoz, plastik, alyuminiy kabi xomaşyoning katta qismi qayta işlaşga yuboriladi.

«Mamlakatimizda çiqindilarni saralab yiğiş jarayonlariga butunlay ötişga qança vaqt ketişini aytiş murakkab bölsa-da, asosiysi Özbekiston bu boradagi qadamlarini taşladi. Ayni damda Toşkent şahrida mazkur jarayon uçun zarur şaroitlarni yaratiş işlari boşlandi. Majoziy ma'noda çiqindilar ikkinçi hayotga ega bölmoqda», – deyiladi Oçilboy Ramatovning matbuot xizmati taqdim etgan ma'lumotda.