AQŞdagi New Fler kompaniyasi özining Xcelsior AV avtomatlaşgan avtobusini namoyiş etdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Avtobusning uzunligi 12,5 metrga yaqin. Unga 40 nafar yölovçi siğadi, bundan taşqari, tik turib ketuvçi yölovçilar hamda ikkita nogironlar aravaçasi uçun qöşimça joy bor.

Işlab çiqaruvçilarning sözlariga köra, avtobus ma'lum bir hududda özi harakatlana oladi. 

 AutoDrive texnologiyasi atrofdagi piyodalar, boşqa transport vositalari va tösiqlarni aniqlaş imkonini beradi.

 Avtobus Robotic Research tomonidan patentlaştirilgan özini özi boşqaruv texnologiyasidan foydalanadi. Xcelsior boşqa aqlli transport vositalari hamda aqlli infrastruktura, masalan, svetoforlar bilan ma'lumot almaşa oladi. 

 New Fler Konnektikut transport vazirligi bilan hamkorlikda işlab çiqqan dastur doirasida Xcelsior Yangi Britaniya va Hartford örtasida yölovçi taşimoqda.