Viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov taşabbusi hamda tadbirkor Davronjon Sulaymonovning sayi-harakatlari samarasi bölgan elektrobuslar şahar köçalarida belgilangan yönalişlarda harakatlanmoqda.
“Eng muhimi, elektrobuslarda yölovçilar uçun barça qulayliklar yaratilgan: zamonaviy konditsioner tizimi, keng salon, xavfsiz harakatni ta’minlovçi elektron boşqaruv tizimlari va kuzatuv kameralari bilan jihozlangan.
Elektrobuslarning asosiy afzalligi — ularning ekologik tozaligi va iqtisodiy samaradorligidir. Uşbu transport vositalari atmosferaga zararli moddalar çiqarmaydi, yoqilği sarfi talab etilmaydi hamda harakat vaqtida şovqin darajasi past böladi”,-deydi tadbirkor Davronjon Sulaymonov.
Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati











