Özbekistonda bir guruh senatorlarga maxsus maqomlar berildi. Bu haqda «Yuksaliş» umummilliy harakati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Senat kengaşining 2021 yil 1 fevraldagi qarori bilan bir guruh senatorlarga maxsus maqomlar berildi.
Senat a'zolarini ma'naviy va moddiy rağbatlantiriş böyiça komissiyaning 2021 yil 26 yanvardagi tavsiyalarini körib çiqib, quyidagilarga maqom berildi:
Oral Ataniyazova — «Adolatli senator»;
Mahmudjon Toirov — «Xalqparvar senator»;
Farmon Toşev — «Mehnatkaş senator»;
Sayyora Baratova — «Faxriy senator»;
Bahrom Mamajonov — «Faxriy senator»;
Şukurjon Mamatqulov — «Faxriy senator» maqomi.
ÖzA xabariga köra, uşbu maqomlarga sazovor bölgan senat a'zolari hamda sobiq senatorlar sertifikat va belgilangan tartibda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi.








