Senatning Fan, ta’lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi raisi Baxtiyor Abdullayev ayrim nodavlat boğçalarda bolalarga nisbatan zöravonlik holatlari kuzatilayotgani bois maktabgaça va maktab ta’limi vaziriga senator sörovini yubordi.

Sörovda qayd etilişiça, sönggi vaqtlarda ayrim nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarida bolalarga nisbatan zöravonlik holatlari sodir etilmoqda.

Xususan, Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanidagi «Tanzilandiya» nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotining tarbiyaçilari tomonidan uşbu taşkilot tarbiyalanuvçilariga nisbatan zöravonlik harakatlari sodir etilgani, Yunusobod tumanidagi First Daycare nodavlat maktabgaça ta’lim taşkiloti tarbiyaçisi va tarbiyaçi yordamçisining bolalardan birini ovqat yemagani uçun stulga skotçlab qöygani aniqlangan.

«Bu kabi salbiy holatlarning sönggi vaqtlarda köpayişi maktabgaça ta’lim taşkilotlari, şu jumladan, nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarida bolalarga körsatilayotgan ta’lim va tarbiya xizmatlari hamda ularga yaratilgan şaroitlarni monitoring qiliş qoniqarsiz yölga qöyilganini körsatmoqda», — deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga köra, hozirda respublika böyiça 31 139 ta nodavlat maktabgaça ta’lim taşkiloti va 6 919 ta davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti faoliyat körsatmoqda. Şu bois yuqoridagi kabi noxuş holatlarning yuz bermayotganiga heç kim kafolat bermaydi, — deb hisoblaydi senator.

Senator vazirdan maktabgaça ta’lim taşkilotlari, şu jumladan, nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarida bolalarga nisbatan sodir etilayotgan zöravonlik holatlarining sabablari va ularning oldini oliş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar töğrisida tuşuntiriş berişni söragan.