Pandemiya davrida aholining xarid quvvati pastligi tufayli eksport imkoniyatlari sezilarli darajada qisqargan. Buning oqibatida bir qança mahalliy tadbirkorlar faoliyatida uzilişlar röy bergan. Ularning faoliyatini yaxşilaş uçun davlat organlari va taşkilotlari ehtiyojlari uçun mahalliy tadbirkorlar mahsulotlaridan foydalaniladi. Adliya vazirligi «Mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş çora tadbirlari töğrisida»gi hukumat qarorini şunday izohladi.
Vazirlik mas'ul xodimi D.Rajaboyev imzosi bilan e'lon qilingan munosabatga köra, bu qaror quyidagiça izohlanadi:
- Içki bozor va mahalliy tadbirkorlarni himoya qiliş tendensiyasi boşqa davlatlarda ham amalga oşirilgan. Xususan, Rossiya davlat xaridlarida 170 dan ortiq tovarlar va xizmatlar importini taqiqlagan.
- 2019 yilda respublikada 55 mingta korxona taşkil etilgan bölsa, 2020 yilda bu körsatkiç 96 ming 743 tani taşkil qilgan. Demak, yangi işlab çiqariş quvvati ikki barobar oşgan. Mahalliy işlab çiqaruvçilar sonining ortişi aholi bandligini ta'minlaş, soliq tuşumlarining ham köpayişiga zamin yaratadi.
- Taqiq va çeklov faqat davlat xaridlari doirasida mavjud, xususiy tadbirkorlar yoki fuqarolar öz ehtiyojlari uçun istalgan tovarni xarid qilişi yoki xizmatlardan foydalanişi mumkin.
Eslatib ötamiz, joriy yil yanvarda xorijda işlab çiqarilgan alohida tovarlar va xorijiy şaxslar tomonidan bajariladigan işlarning davlat xaridlaridagi iştirokini vaqtinçalik taqiqlaş haqida qaror qabul qilingan edi.
Qarorda davlat xaridlaridagi iştiroki vaqtinçalik taqiqlangan va çeklangan xorijiy tovarlar röyxatiga 529 turdagi mahsulot va xizmatlar kiritilgan.








