Hukmron partiya “Demokratiya uçun milliy liga” a'zosi Çji Toning ma'lum qilişiça, Vin Min tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etiş haqidagi qonunni, Aun San Su Çji esa import-eksport haqidagi qonunni buzişda ayblanmoqda. Ularni 1 fevraldan 15 fevralgaça hibsda uşlab turişga sud orderlari berilgan.
Politsiya raportida ma'lum qilinişiça, Aun San Su Çjiga qöyilayotgan ayblov uning uyida tintuv ötkazilganda mamlakatga noqonuniy tarzda olib kirilgan va tegişli ruxsatsiz qöllangan ratsiyalar aniqlangani bilan boğlangan. Vin Min esa koronavirus epidemiyasi vaqtida öz rafiqasi bilan mamlakatning köplab hududlariga taşrif buyurgan. Bu esa tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etiş haqidagi qonunning buzilişi hisoblanadi.












