AQŞning eng yirik American Airlines Group Inc aviakompaniyasi 13 mingga yaqin xodimini haq tölanmaydigan mehnat ta'tiliga çiqarişi mumkinligi töğrisida ogohlantirdi.

 Bunga aviatsiya sohasi uçun koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlari saqlanib turganligi sabab qilib körsatilgan.

Kompaniya şuningdek, xodimlarga yöllagan maktubida AQŞdagi vaksinatsiya sur'atlarini tanqid qilgan va sohaga bölgan talab taqçilligi yoz fasli davomida saqlanib qolişini kutayotganligini bildirgan.

Haq tölanmaydigan ta'til böyiça qaror 1 aprelda yoki keçroq, hukumat yordam dasturi muddati nihoyasiga yetganidan söng  kuçga kiradi, deb ma'lum qildi aviakompaniya.

"Vaksinatsiya jarayoni biz kutgançalik tez keçmayapti, xalqaro turizmga qöyilgan yangi çeklovlar esa talabni kamaytiradi", - deyiladi kompaniya rahbariyati tomonidan.

Xabarda aytilişiça, kasaba uyuşmalari kongressni yordam dasturini 30 sentyabrgaça uzaytirişga çaqirmoqda.

Ötgan 12 oy davomida American Airlines aksiyalari narxi 38,5 foizga tuşib ketgan.