Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi Nukus city qurilişida bir neça yuz million sömlik budjet mablağlari talon-taroj qilinganini aniqladi.

Xabar qilinişiça, 2020 yil 18 sentyabrda «Suv ta'minoti va oqova suv obektlari qurilişi böyiça injiniring kompaniyasi» DUK Qoraqalpoğiston hududiy boşqarmasi va «Granit Montaj Stroy» MÇJ örtasida qariyb 3,6 mlrd sömlik şartnoma tuzilgan.

Unga asosan, «Granit Montaj Stroy» Nukus şahri A.Şamuratova köçasi avtomobil yölining asfalt qoplamasini qayta tiklaşi va Nukus city'dagi köp qavatli uylarning suv va kanalizatsiya tarmoqlarini ta'mirlaşi belgilangan.

Ammo qiymati 236,5 mln sömlik asfalt qoplamasi va qiymati 9,6 mln sömlik suv tarmoqlarini ta'mirlaş işlari töliq bajarilmagan va hisob-fakturalarga soxta ma'lumotlar kiritilgan.

Şu yöl bilan jami 246,1 mln sömlik budjet mablağlari özlaştiriş yöli bilan talon-taroj qilingan.

Holat böyiça «Suv ta'minoti va oqova suv obektlari qurilişi böyiça injiniring kompaniyasi» DUK Qoraqalpoğiston hududiy boşqarmasi va «Granit Montaj Stroy» MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.

Dastlabki tergovni Nukus şahar prokuraturasi olib bormoqda.

  • Ma'lumot uçun, Nukus city qurilişi haqida dastlab 2018 yil mayida ma'lum qilingan edi. 2019 yil fevralida bu haqda Qoraqalpoğiston hukumatining qarori çiqdi.
  • Majmua uçun şahar markazidan oqib ötuvçi Döstlik kanalining çap qirğoğidan 70 gektardan ortiq yer tanlab olingan. Bu hududdagi 400dan ortiq xususiy uylar bosqiçma-bosqiç buzilişi belgilangan. Ijtimoiy ahamiyatga ega ba'zi yirik obektlar – masjid, sport kolleji, suv basseyni, futbol stadioni va yangi qurilgan 4–5 qavatli uylar buzilmaydi.
  • «Nukus city» 16 qavatli uylar, 20 qavatli mehmonxona, biznes markazlari, köngiloçar maskanlar, banklar, savdo dökonlaridan iborat bölişi reja qilingan.