Prezident «Toşkent viloyatida quvvati 240 MVt bölgan navbatdagi issiqlik elektr stansiyasi qurilişini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Qayd etilişiça:
a) Özbekiston hukumati nomidan Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, «CENGIZ ENERJI SAN. VE TIC A. Ş.» (Turkiya) va «Cenergo» MÇJ örtasida Toşkent viloyatida quvvati 240 MVt bölgan buğ-gaz elektr stansiyasini loyihalaştiriş, moliyalaştiriş, quriş va 25 yil davomida işlatiş bilan boğliq Investor va Loyiha kompaniyasining majburiyatlarini nazarda tutuvçi Investitsiya bitimi tuzilgan;
b) «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ va Loyiha kompaniyasi örtasida Elektr energiyasini sotib oliş töğrisidagi bitim tuzilgan, unga muvofiq:
Loyiha kompaniyasi işlab çiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda yagona xaridor — «ÖMET» AJga sotiş majburiyatini olgan;
«ÖMET» AJ Elektr energiyasini sotib oliş töğrisidagi bitim şartlariga muvofiq 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qiliş majburiyatini olgan va elektr energiyasi uçun tölovni milliy valutada amalga oşiradi;
«ÖMET» AJ elektr energiyasini uç oy mobaynida sotib olişni qoplaş uçun majburiyatlar bajarilişining ta'minoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga çet el valutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va şarsiz bank kafolatini taqdim etadi.
Özbekiston hukumati nomidan Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Investor hamda Loyiha kompaniyasi örtasida tuzilgan Investitsiya bitimi tasdiqlandi.
«ÖMET» AJ va Loyiha kompaniyasi örtasida tuzilgan Elektr energiyasini sotib oliş töğrisidagi bitim ma'qullandi.












