Davlat statistika qömitasi mamlakat hududidagi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 10 fevral kuni ötkazilgan kuzatuv natijalari böyiça alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini ma'lum qildi.
Suyakli mol göşti 45 ming sömdan 65 ming sömgaça (kg)
Kuzatuv natijasiga köra, 1 kg suyakli mol göştining minimal narxi Nukus şahrining «Nukus dehqon bozori», Namangan şahrining «Namangan Çorsu dehqon universal bozori» va Urganç şahrining «Urganç markaziy dehqon bozori» rastalarida (45 ming söm) qayd etilgan. Suyakli mol göştining maksimal narxi esa Toşkent şahrining «Eski Jöva dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori» va «Farhod dehqon bozori»da (65 ming söm) kuzatilgan.
Qöy göşti 48 ming sömdan 78 ming sömgaça (kg)
Qöy göştining minimal narxi Nukus şahrining «Nukus dehqon bozori» (48 ming söm) arzonlaştirilgan rastalarida röyxatga olingan. Eng yuqori narx esa Toşkent şahrining «Mirobod dehqon bozori»da (78 ming söm) kuzatildi.
Kartoşka 2 ming 800 sömdan 6 ming sömgaça (kg)
Kuzatuv natijalariga köra, Toşkent şahrining «Mirobod dehqon bozori»da sotuvdagi yirik bölmagan kartoşkaning narxi minimal narx sifatida (2 ming 800 söm) qayd etilgan. Toşkent şahrining «Oloy dehqon bozori»da sotuvdagi saralangan kartoşkaning narxi maksimal narx sifatida (6 ming söm) qayd etildi.
Piyoz 1 000 sömdan 3 ming 500 sömgaça (kg)
Piyoz mahsulotining minimal narxi Guliston şahrining «Guliston dehqon bozori» va Toşkent şahrining «Mirobod dehqon bozori»da (1000 söm) röyxatga olindi. Maksimal narx sifatida esa Toşkent şahrining «Oloy dehqon bozori»da sotuvda bölgan saralangan piyozning narxi (3 ming











