Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi joriy yilning yanvar oyida hududlardagi tadbirkorlik holati böyiça monitoring ötkazdi.

Markazning jamoatçilik bilan aloqalar xizmati xabariga köra, monitoring natijalari 1 yanvardan 31 yanvargaça bölgan davrda soliq tuşumlari hajmi ötgan yilning şu davriga nisbatan 27,3 foizga ösganini körsatgan.

Soliq tuşumlarining sezilarli darajada ösişi Jizzax (19,2 foizga), Xorazm (15,8 foizga), Sirdaryo (9,4 foizga) viloyatlarida va Qoraqalpoğiston Respublikasida (10,1 foizga) kuzatilgan.

Tahlil qilinayotgan davrda bojxona tölovlaridan tuşumlar ötgan yilning şu davriga nisbatan 35,3 foizga oşgan.

Bojxona tuşumlarining hududlar kesimida eng katta ösişi Jizzax (2,4 marta), Farğona (2,4 marta) va Samarqand (1,1 marta) viloyatlarida kuzatilgan.

Şuningdek, yil boşidan buyon tovarlarni eksport qiliş hajmi ötgan yilning şu davriga nisbatan 7,1 foizga oşgan.

Tovarlar eksporti hajmining faol ösişi hududlar örtasida Navoiy (4 baravar), Andijon (2,1 barobar), Jizzax (95,5 foiz), Sirdaryo (80,8 foiz) va Xorazm (70,9 foiz) viloyatlari hissasiga töğri kelgan.

Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi tahlil qilingan davrda 4,3 foizga ösgan, şu bilan birga, joriy davrda qaytarilgan kreditlar hajmi ötgan yilning şu davriga nisbatan 2,2 foizga köpaygan.

Yil boşidan beri respublikada 8 ming 440ta yangi tadbirkorlik sub'yektlari taşkil etilgan, ularning eng köp soni Qaşqadaryo (1 ming 204ta), Toşkent (757ta), Samarqand (672ta), Farğona (664ta) viloyatlarida va Toşkent (1 ming 572ta) şahrida röyxatdan ötgan.

Tahlil qilingan davrda respublika tovar-xomaşyo birjasidagi bitimlar hajmi ötgan yilning şu davriga nisbatan 40,5 foizga oşgan.

Uşbu davrda mamlakatning barça mintaqalarida birja faolligining ösişi qayd etilgan. Şuningdek, Buxoro (ösiş 94,1 foiz), Sirdaryo (89,6 foiz) viloyatlarida va Toşkent şahrida (75,3 foiz) sezilarli ösiş kuzatilgan.