«Legiya» klubi özbekistonlik 23 yoşli yarimhimoyaçi bilan kelişuvga erişilgani haqida rasman e'lon qildi. Yaxşiboyev Polşaning 14 karra çempioni bilan 2023 yilning 30 iyul kuniga qadar şartnoma imzoladi. Kelişuv tomonlarning roziligi bilan yana uzaytirilişi mumkin. Yaxşiboyev «Legiya» safida 7-raqamda töp suradigan böldi.
«Legiya» haqida internet orqali ma'lumotlar oldim va jamoaning Çempionlar ligasida öynaganini YouTube tarmoği orqali tomoşa qilib, bildim. Ötgan mavsumda Belarus çempionatida öynab, özimga bölgan işonç ortdi. «Legiya» ajoyib muxlislarga ega ekanligidan xabarim bor», - deydi Yaxşiboyev klub rasmiy saytiga.
Poytaxt Varşava klubi Polşa çempionati joriy mavsumida 16-turdan keyin 32 oçko bilan 2-örinda bormoqda. Uşbu jamoa mamlakatning amaldagi çempioni sanaladi.
Ma'lumot uçun, «Paxtakor» tarbiyalanuvçisi sanalmiş Jasur Yaxşiboyev Özbekiston milliy jamoasi safida uçta öyinda maydonga tuşgan.
Eslatib ötamiz, Jasur Yaxşiboyev ötgan mavsumda Soligorskning «Şaxtyor» klubi bilan çempionlikka erişib, jamoani erkin agent sifatida tark etgandi. U Belarus çempionatida 27 öyinda 16ta golga mualliflik qilgan.











