«Jamiyatda oxirgi payt korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik oşib, nafrat ösdi. Çunki, yangi xabarlar, şaffoflik va davlat xaridlari oçiqlana boşlagaç, bu boradagi muammolar ham aniq körina boşladi. Jamoatçilik budjet puli qayoqqa sarflanganini köra boşladi.
Lekin hali şaffoflik borasida qiladigan işlarimiz juda köp, davlat dasturini köradigan bölsak, «Oçiq va şaffof hukumat» degan dastur işlab çiqilişi kerak, biz bunga mas'ulmiz – allaqaçon loyihani işlab çiqqanmiz», deya Ruslanbek Davletovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
U bayramlar vaqtida amaldorlarga sovğa-salomlar beriş an'anaga aylanganini tanqid qilib ötgan.

«Bizda şunaqa odat bor, yangi rahbar işga kelsa, darrov xonasini remont qilişni boşlaydi, katta-katta xarajatlar qiladi. Maşinalar böyiça qanday muammo bölganini kördik. Çetga, viloyatlardagi safarlar haqida ham gapirilyapti, u yerlardagi xarajatlarni kim qoplaydi?
Şunaqa milliy an'analarimiz, qadriyatlarimiz bor. Mehmondöstlik deymiz, boşqa deymiz, sovğalar berişni yaxşi köradi bizdagi insonlar. Bu yil yangi yilda ham şuni kuzatdik. Qaşqadaryodan tandir keladi, Xorazmdan guruç keladi. Hamma joyda şu jarayon bölib ketadi.
Milliy an'analar jamiyat rivojiga tösqinlik qilarkan, bu an'analardan albatta voz keçiş kerak. Yillar davomida şakllangan bölsa ham rivojlaniş ta'sir qilayotgan bölsa, baribir voz keçişimiz kerak, qadriyat bölsa ham, madaniyat bölsa ham.
Mehmondöstlik, özbekçilik degan gaplarimiz salbiy kontekstda işlatiladigan bölib qolyapti. Aslida özbekçilikning tagida juda beğubor ğoyalar yotişi kerak», degan u vazirlik, adliya organlari va muassasalarining 2020 yildagi faoliyati, istiqbolli rejalari töğrisidagi oçiq muloqot vaqtida.
Ruslanbek Davletov amaldorlarni tarbiyalaş hukumatning vazifasi ekanini ta'kidlab ötgan.
«Korrupsiya asosan qayerda bölyapti? Davlat iştirok etgan böğinda, ya'ni amaldorlar bilan bölyapti, şuning uçun ham hukumat öz amaldorlarini töğri tarbiyalay olişi va bu signallarni jamiyatga yuborişi kerak», deya qöşimça qildi u.












