Boş vazir Abdulla Aripov 18 fevral kuni Samarqand şahrida bir guruh samarqandlik tadbirkorlar bilan sayyor uçraşuv ötkazdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, boş vazirga samarqandlik tadbirkorlar tomonidan kredit, elektr energiya va gaz ta'minoti, eksport hamda importda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar, erkin iqtisodiy zonalarda kommunikatsiya tizimlarini takomillaştiriş kabi masalalarda 45dan ortiq murojaat bölgan.

Xabarda ta'kidlanişiça, tadbirkorlar tomonidan kötarilgan masalalarning aksariyati joyida hal etilgan. Qolgan masalalarni hal etiş böyiça boş vazir tomonidan tegişli vazirlik va idoralar rahbarlariga aniq topşiriqlar berilgan.