2020 yil natijalariga köra Renault kompaniyasining sof zarari 8,046 mlrd yevroga (9,7 mlrd dollar) teng böldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma'lum qildi.

Bunga asosan Yaponiyaning Nissan (Renault va Mitsubishi Motors bilan birga alyans tarkibiga kiradi) kompaniyasi körsatkiçlari sabab böldi – jami zararning 5 mlrd yevroga yaqini unga tegişli, deb yozadi Bloomberg.

Moliyaviy natijalar e'lon qilinişi bilan Renault aksiyalari narxi 8,5 foizga arzonladi. Refinitiv tahlilçilari kompaniya 2020 yilda 7,4 mlrd yevro zarar körişini taxmin qilgandi, deya qayd etadi Reuters.

Kompaniya 2020 yilning ikkinçi yarmida «operatsion rentabellik sezilarli darajada yaxşilangan»ligini bildirgan. Ma'lum qilinişiça, ötgan yilning oxirgi olti oyida sof zarar 660 mln yevroni taşkil qilgan.