Autizm – bu rivojlanişning biologik tabiatga ega buzilişidir. U bilan kasallaniş yo davolaniş imkoni yöq. Odam rivojlaniş buzilişi bölgan şu narsa bilan tuğiladi, yaşaydi va qariydi. Uning, hozirça, davosi yöq.

Kaliforniya va Stenford universiteti tadqiqotçilari ayol qonidagi homilaga hujum qiluvçi antitanalarni aniqlaydigan dastur yaratişdi. Ana şu test yordamida autizm xavfini deyarli 100 foiz oldindan aytiş mumkin.

Tadqiqot mobaynida farzandlariga autizm taşxisi qöyilgan 450 ona va autizmsiz tuğilgan 342 onaning plazmasi örganib çiqildi.

Natijalar immunferment tahlilini işlab çiqişda foydalanildi. Bu diagnostik usul materiallarni konteyner devorlariga yopişib olgan maxsus antitanalar yordamida qorişmada aniqlaşdir.

Olimlar ona tanasidagi homilaning asab tizimi rivojlanişiga ta'sir qiluvçi immun javob sodir böladigan sakkiz proteinni qidirib körişdi.

Avvallari buni antitana va leykotsitlar emas, faqat immunitet qiladi deb hisoblanardi. Endi esa, ösayotgan miya uçun onaning antitanalari ham ta'sir körsata olişi oydinlaşdi.

2019 yilda Kaliforniya universiteti immunologlari Karen Jons va Judi Van de Uoterning ilmiy işlari naşr etildi. Unda onaning antitanalari homilaning neyronlaridagi muhim oqsillarga ta'sir körsata olişi va natijada onaning bola asab tizimiga hujum qiluvçi antitanalari köpayib ketişi jarayoni körsatildi.

Bu tadqiqotda olimlar rivojlaniş körsatkiçlari bilan boğliq antitanalar kombinatsiyalarining ta'sirini baholaşga harakat qilişgan. Ular tomonidan işlab çiqilgan tahlil 100 foiz aniqlik bilan autizmga sabab böluvçi antitanalar kombinatsiyasining mavjudligini körsatdi.

«Uşbu tahlil asosida yaratilgan diagnostik instrument autizmning kelajakda qanday rivojlanişini mutlaq aniqlikda başorat qila olmasa-da, u mavjud risklar haqida tasavvur bera oladi. Aytaylik, onada muayyan antitanalar bor bölsa, unda bolaning autizm bilan tuğiliş ehtimoli 31 barobar oşadi», deydi Van de Uoter.