Quriliş vazirligi tomonidan olib borilgan örganişlar natijasida Toşkent viloyatida bir qator turar joy binolari ekspertiza organlarining ijobiy xulosasi olinmagan holda loyiha hujjatlarisiz, quriliş-montaj işlarini boşlaş yuzasidan vakolatli organni xabardor qilmasdan qurilayotgani aniqlangan.
Jumladan, Toşkent viloyati Böstonliq tumani «Döstlik» MFY hududida amalga oşirilayotgan monitoringlar jarayonida «ENERGO TEHNIKA GRANT» MÇJ tomonidan tegişli şaharsozlik hujjatlarini rasmiylaştirmasdan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 noyabrdagi 961-sonli qarorlari talabini buzib, hududiy inspeksiyani xabardor qilmasdan uçta 4 qavatli turar joy binolarida özboşimçalik bilan quriliş-montaj işlari olib borilayotgani aniqlangan. «ENERGO TEHNIKA GRANT» MÇJ faoliyatida qisqa muddatli tekşiriş ötkaziş töğrisida Toşkent viloyati quriliş sohasida nazorat inspeksiyaning 2020 yil 23 dekabrdagi 279-sonli buyruği asosida 1 kunlik tekşiriş ötkazilgan.
Qisqa muddatli tekşiriş natijasiga köra, işga oid bölgan barça hujjatlar örnatilgan tartibda rasmiylaştirilgan va huquqbuzarlikka yöl qöygan mas'ul şaxsga nisbatan ma'muriy bayonnoma tuzilib, huquqbuzardan tuşuntiriş xati va tilxat olinib, qonunçilikda belgilangan tartibda çora köriş yuzasidan Jinoyat işlari böyiça Böstonliq tuman sudiga hujjatlar töplami taqdim qilingan va Özbekiston Respublikasi MJkTning 99-moddasi 7-qismi bilan javobgarlikka tortilgan.
Ma'lum qilinişiça, tegişli çora körilganidan keyin ham «ENERGO TEHNIKA GRANT» MÇJ tomonidan quriliş-montaj işlari töxtatilmagan hamda belgilangan tartibda inspeksiyadan röyxatdan ötiş uçun tegişli hujjatlar rasmiylaştirilmagan.
Şuningdek, Toşkent viloyati Quyi Çirçiq tumani «Oydinobod» MFY hududida amalga oşirilgan monitoringlar jarayonida «RUS BEK» MÇJ tomonidan tegişli şaharsozlik hujjatlarini rasmiylaştirmasdan, hududiy inspeksiyani xabardor qilmasdan savdo va maişiy xizmat körsatiş kompleksida quriliş-montaj işlari olib borilayotgani aniqlangan, ruxsat hujjatlari mavjudligi va şaharsozlik me'yorlari hamda qoidalariga rioya qilinişi yuzasidan qisqa muddatli tekşiriş olib borilib, aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etiş böyiça xöjalik yurituvçi sub'yektning «RUS BEK» MÇJ faoliyatida qisqa muddatli tekşiriş ötkaziş töğrisida Inspeksiyaning 2020 yil 23 dekabrdagi 278-sonli buyruği asosida 1 kunlik tekşiriş ötkazilgan.














