«Maxsus rakurs» körsatuvida xabar qilinişiça, tumanning törtta sektori rahbari yöl qöyilgan kamçiliklar, iqtisodiy ahvol yaxşilanmagani, topşiriqlar bajarilmagani sababli lavozimidan ozod etilgan.

«Nega Uyçi tumanining hamma körsatkiçlari respublikada eng oxirgi? Heç qanday imkoniyat [yöq], törtoving ham işdan böşaysan», - dedi Şavkat Mirziyoyev sessiyada.

Eslatib ötamiz, tumanga 2018 yil avgustidan buyon Muhammadayubxöja Apaqov hokimlik qilib kelayotgandi. Şuningdek, Uluğbek Nomanov tuman prokurori, Avazbek Xöjaxonov içki işlar bölimi boşliği va Adhamjon Mahmudov davlat soliq inspeksiyasi boşliği sifatida işlab kelgan.

Sessiya davomida davlat rahbari tomonidan Çust tumani 4ta sektor rahbarlariga Çust tajribasi sifatida iş taşkil etiş topşiriği berildi. Sektor rahbarlari 6 oydan keyin hisobot berişi aytib ötildi. 4ta sektor rahbari 6 oy mobaynida özgariş qilişga va'da berdi.