Sessiyada viloyat prokurori Mahmud Istamovning axboroti eşitildi. Prokurorning sözlariga köra, 2020 yil davomida viloyatda mansabdor şaxslarning 1566 ta qonunga zid va asossiz huquqiy hujjatlariga protest keltirilgan. Şuningdek, qonunbuzilişlarga yöl qöygan 1707 nafar mansabdor şaxs ogohlantirilgan, 1273 nafar şaxs esa intizomiy va ma'muriy javobgarlikka tortilgan, 65 ta jinoyat işi qözğatilgan.

Mahmud Istamov

Istamovning ta'kidlaşiça, jinoyat va huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan 15 mlrd sömlik zararlar undirilib, 37 mlrd sömlik zararlarni undiriş böyiça sudlarga 539 ta da'vo arizasi kiritilgan hamda 5200 nafardan ortiq şaxsning buzilgan huquqlari tiklangan.

— Koronavirus pandemiyasi davrida soğliqni saqlaş tizimida yöl qöyilayotgan qonunbuziliş holatlarining oldini olişga qaratilgan keskin çoralar körildi. Jumladan, pandemiya davrida 570 nafar tibbiyot xodimiga tölab berilmagan 2 mlrd 905 mln sömlik qöşimça iş haqi va rağbatlantiriş mablağlari undirib berildi. Xato va kamçiliklarga yöl qöygan 11 nafar şifokor hamda hisobçilar ma'muriy javobgarlikka tortildi. Viloyatda tez tibbiy yordam xodimlariga ajratilgan bir martalik moddiy yordam mablağlarining 1 mlrd 200 mln sömi ortiqça sarflanişiga yöl qöyilganligi aniqlanib, 4 ta tibbiyot birlaşmasining 8 nafar mas'ul xodimi jinoiy javobgarlikka tortildi, — dedi viloyat prokurori.

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov

Istamov viloyatda aholi bandligini ta'minlaş sohasida soxta ma'lumotlar kiritiş va pul mablağlarini talon-toroj etiş bilan boğliq tizimli muammolarga hanuzgaça barham berilmaganligini ham aytib ötdi. Uning ma'lum qilişiça, Vobkent, Qoraköl, Qorovulbozor, Şofirkon, Ğijduvon, Olot va Buxoro tumanlarida 492 ta haqiqatda yaratilmagan iş örni hisobotlarga qöşib yozilgan. Ğijduvon, Romitan, Buxoro va Şofirkon tumanlarining bandlikka kömaklaşiş markazi mansabdor şaxslari tomonidan esa 114 mln 400 ming söm turli yöllar bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Sessiyada viloyat içki işlar boşqarmasi boşliği Şuhrat Aliyevning ham hisoboti tinglandi.