Deputat öqituvçilar yoki maktab direktorlari öquvçilarning oliygohga kirişlari uçun mas'ul emasligini aytib ötgan.

«Maktablar standartlar böyiça belgilangan ta'limni berişi kerak. Bola öqişga kiradimi, yöqmi – özi hal qilsin. Bu maktabning böynidagi iş emas.

Bolada öqişga xohiş bölmasa, intiliş bölmasa, psixologik bosim ostida bölsa, ya'ni atrofdagi korrupsiya holatlarini, oliy ma'lumotlilar kam maoş olayotganini körib umuman öqişni xohlamayotgan bölsa-çi? Ota-onasi tadbirkor bölsa, uyam şunga qiziqsa, şu orqali pul topişni maqsad qilgan bölişi mumkin. Bu holatda öqituvçini ayblay olmaymiz. Öqituvçidan sifatli ta'limni talab qiliş kerak faqat. Bilim oliş, dunyoqaraş, hammasi oiladagi muhit bilan boğliq bolaning öqişga kirişi. Öquvçi öqişga kirolmasa öqituvçida nima ayb? Yoki dangasa bölsa bola...

Birovning harakati uçun birovni javobgar qilib bölmaydi. Agar şuning uçun işdan böşatadigan bölsa sudlaşiş kerak», deydi Kuşerbayev.

Deputat bunday talab qöyilayotgan soha xodimlarida huquqiy savodxonlik bölişi lozimligini ham ta'kidlagan. Bundan taşqari, maktablar va öquv markazlari örtasidagi soğlom raqobat vujudga kelişi normal holat ekanligini aytib ötgan.

«Özida xohiş bor odam davlat standartlari asosida tekinga bilim oliş huquqiga ega (maktabda), bundan qanoatlanmagan holda qöşimça öquv markazlarida çuqurroq bilim olişi ham mumkin.

Bilim – bu pul aslida. Ta'lim standartidan kelib çiqib bepul ta'lim ham bor, qöşimça bilim oliş uçun bunday markazlar ham taşkil etilgan. Lekin oliygohga kirayotganlar böyiça soliştirsak, xususiylarda ustunlik bor. Negaki, ularda dars berayotgan pedagoglarni rağbatlantiriş yaxşi yölga qöyilgan. Oyligi yaxşi, haşarga yoki tadbirlarga boriş, sinfni tozalab qöyiş kabi majburiyatlar yuklatilmaydi. Öqituvçining işi faqat bilim beriş, yaxşi natija körsatişga qaratiladi», deydi u.

  • Avvalroq Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov maktablar ta'lim sifatiga qarab «töq qizil», «oç qizil», «sariq» va «yaşil» ranglarda tasniflanişi haqida gapirgan edi. Unga köra, birorta ham öquvçisi OTMga kirmagan maktablar «töq qizil» rangda, 10 foizgaça öquvçisi OTMga kirgan maktablar «oç qizil», 30 foizgaça öquvçisi OTMga kirgan maktablar «sariq» va öquvçilarining OTMga kiriş körsatkiçi 30 foizdan oşgan maktablar «yaşil» rangda belgilangan.
  • 2020 yil noyabrida Şerzod Şermatov boşçiligidagi yiğilişda birorta bitiruvçisi OTMga kirmagan Qaşqadaryo viloyatidagi 20ta maktab direktorlari işdan olingani xabar qilingandi. Keyinroq Navoiy viloyatida ta'lim sifati past bölgan 26 ta maktab direktorlari işdan olindi.