23 fevral kuni xalq deputatlari Namangan şahar kengaşi sessiyasida taşkiliy masala körilib, unda şaharning yangi hokimi tasdiqlandi.
Sessiyada söz olgan viloyat hokimi Şavkat Abdurazzoqov şahar hokimi lavozimidan böşatilgan Olimjon Isayev haqida fikr bildirdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Namangan şahar hokimi sifatida işlab kelayotgan Isayev Olim Botiroviç egallab turgan lavozimidan ozod etiş böyiça ariza bilan murojaat etgan.
Sobiq hokim, sobiq rahbariyat haqida qisqaça aytib ötmoqçiman. Tadbirkor, investitsiya kiritadi deb, ötgan yili yaxşi niyatlar bilan qöyilgan. Harakat qildi... Men kelganimdan keyin yordam berdik, şaharga özim katta-katta mablağlar ajratib, şahardagi özim bilgan muammolarni birgalikda hal qilaylik deb, özim yetalab yurib, körsatib, örgatib, işlatişga harakat qildim.
Lekin baribir odamning qobiliyati, qunti, qolaversa xohişiga ham köp narsa boğliq. Töğri, pandemiya paytida işlaş imkoniyati bölmadi deb ozgina yurildi, lekin men pandemiya vaqtida Ekologiya qömitasi raisi sifatida hamma viloyatlarni aylanib çiqdim», – dedi Şavkatjon Abdurazzoqov.

Viloyat rahbari Namangan şahrining yangi hokimi lavozimiga nomzodi tavsiya etilgan Ğofir Jamolov haqida ham töxtaldi.
«Köp nomzodlar orasidan Jamolov Ğofir Orifjonoviç tanlab olindi. Qisqaça aytadigan bölsam, bugungi kunda u kişi Toşkent şahar hokimi örinbosari – Uy-joy kommunal xizmat körsatiş boş boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgan edi.
Namaganda eskidan işlab kelayotgan köpçilik Jamolovni taniydi. Faoliyatini Namangan şahri hokimligida boşlagan. Eng avvalo, birinçi kriteriy şu böldiki, Namangan şahrida bu yil issiqlik tizimida juda katta tadbirlar böladi. Uni tuşunadigan odam kerak. [Ğofir Jamolov] bevosita şu sohaning rahbari sifatida işlagan odam. Qolaversa, quriliş, umuman Iqtisodiyot vazirligida işlaganida dasturlarni şakllantiriş, maktab, boğça, hammasini dasturlarga kiritiş nuqtayi nazaridan tajriba orttirdi.
Şundan kelib çiqib, prezidentimiz Namangan şahriga Jamolov Ğofir Orifjonoviç nomzodini tavsiya qildilar»,








