Quriliş vazirligi matbuot xizmati tomonidan ma'lum qilinişiça, 2021 yilning yanvarida Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan amalga oşirilayotgan pudrat taşkilotlar «Arslon Şamşod» xususiy korxonasi, «Mahfuza-O», «Kolorit sintez» hamda şaharsozlik hujjatlarini işlab çiqqan loyiha taşkilotlari «Asilbek Pauyer Projyekt» MÇJga bitta holat böyiça va «Grand super projyekt» MÇJga 5ta holat böyiça Jizzax viloyat Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan berilgan körsatmalarni öz vaqtida bajarmagani aniqlangan hamda uşbu işlar böyiça hujjatlar yiğilib, Ğallaorol tuman sudiga yuborilgan.

Jumladan, Jizzax şahar «Alişer Navoiy» mahallasida joylaşgan boş pudratçi «Qangli quriliş materiallari» MÇJ bölgan 4 qavatdan iborat 3-4 xonali 32 xonadonga ega 14-sonli turar joy binosi quriliş obektining loyiha hujjatlari «ÖzŞaharsozlikLITI» davlat unitar korxonasi tomonidan 2014 yil işlab çiqilib, turar joyning 1-2-yölagida joylaşgan 16ta xonadonda quriliş montaj işlari tugatilgan.

Binoning qolgan qismlarida esa quriliş montaj işlari davom etmoqda. Ammo binoning old tomonida pudrat taşkilot tomonidan bino oldidan köça tomonga 6.0 p/m qöşimça yerga poydevor qöyiş işlari bajarilib, quriliş işlari boşlab yuborilgan. Bundan taşqari, buyurtmaçi va pudratçi «Qangli quriliş materiallari» MÇJ tomonidan tegişli şaharsozlik hujjatlari rasmiylaştirilmagan, ya'ni şahar Arxitektura boşqarmasi kengaşidan ötkazilmagan.

Loyiha uçun ekspertiza xulosalari olinmasdan, özboşimçalik bilan quriliş işlari boşlab yuborilgan. Uşbu holat böyiça Jizzax viloyat Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan quriliş montaj işlarini töxtatiş böyiça buyurtmaçiga körsatma berilgan va yiğilgan hujjatlar Jizzax şahar prokuraturasiga yuboriş uçun tayyorlanmoqda.

Şuningdek, yana uşbu manzilda joylaşgan (qurilişi tugallanmagan) 7 qavatli mehmonxona binosi qurilişi buyurtmaçi va pudratçi «Agrostandartplyus» MÇJ tomonidan olib borilmoqda. Obekt tasdiqlangan loyiha hujjatlariga köra 7 qavat qurilişi talab etilgan bölsa-da, binoga qöşimça 8-qavat qurilişi boşlab yuborilgan, buyurtmaçi binoga kiritilgan özgarişlarni şahar Arxitektura quriliş boşqarmasi bilan kelişuvdan ötkazmagan, loyiha uçun ijobiy ekspertiza xulosalari olinmagan.