Ijtimoiy tarmoqlarda Farğonadagi sirkda arqon uzilib ketişi oqibatida dorboz boşi bilan yerga tuşgani va vafot etgani haqidagi xabar tarqaldi. SSV matbuot xizmati uning vafot etgani haqidagi xabarni rad etdi.

Vazirlikning ma'lum qilişiça, haqiqatan ham şu yilning 23 fevral kuni soat 19:25ga yaqin dorbozlik bilan şuğullanuvçi E. ismli fuqaro dordan yiqilişi natijasida jarohatlanib, Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazi Farğona filialiga olib kelingan.

Markaz mutaxassislari uni zudlik bilan tibbiy körikdan ötkazgan. Bemorga öng peşona va burun böşliği suyaklarining parçalanib sinişi, boş miya lat yeyişining oğir darajasi, boş miya öng yarim şari peşona bölagi epidural gematomasi, subaroxnaidal qon quyilişi, pnevmotsefaliya, boş yumşoq töqimalari lat yeyişi va teri osti gematomasi taşxisi qöyilgan va bemorda zudlik bilan jarrohlik amaliyoti ötkazilgan.

Markaz mutasaddilarining ma'lum qilişiça, bemorning ahvoli barqaror bölib, hozirda neyroreanimatsiya bölimida malakali mutaxassislar nazoratida belgilangan standartlar böyiça davo muolajalarini olmoqda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda siam egizaklari dunyoga kelgani töğrisida xabarlar tarqalgan, SSV bu xabarlar haqiqatga töğri kelmasligini ma'lum qilgandi.