Prezident Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga taşrifi davomida Namangan şahridagi «Bunyodkor» mahallasiga kutilmagan taşrifni amalga oşirgan va mahalladagi ahvol yuzasidan mutasaddilarni keskin tanqid qilgan edi.
«Balandparvoz gaplar bilan hisobot berasizlar. Qanday vijdon bilan lavozimda ötiribsizlar?! Bu mahallada 12 ming odam yaşaydi. Ahvolni qaranglar, bu sizning yuzingiz», degandi davlat rahbari.

Köp ötmay viloyat hokimi Şavkat Abdurazzoqov uşbu mahalla aholisi bilan uçraşib, «Bunyodkor» mahallasiga köçib ötişini ma'lum qilgandi.
«Har kuni şu yerda, sizlarga qöşni bölaman. Uyim mahalla idorasining röparasida joylaşadi. Bugun şu yerga konteyner örnatiladi va unga «viloyat hokimining uyi» deb yozib qöyiladi», degandi u aholi vakillari bilan uçraşuvda.

Hokim uşbu mahalla hududida yerlar tekislanişi, elektr tarmoqlari tortilişi, obodonlaştiriş işlari ötkazilişi, uzoq yillar davomida foydalanişda bölgan çiqindixona yopilişi, mahalla idorasi esa qaytadan qurilişini, şuningdek, mahallaga toza içimlik suvi keltirilişini ma'lum qilgandi.
«Bu yerda 3 gektar joyda kiçik sanoat zonasi taşkil etamiz va kamida 10 ta korxona oçamiz. Buning ortidan 12 ming kişi yaşaydigan mahallada 1000 nafar odam işli böladi», degan viloyat hokimi.
«Xalq sözi» hokim vaqtinça yaşaş uçun köçib ötadigan «viloyat hokimining uyi» suratlarini e'lon qildi.

«Rasmlardan körinib turibdiki, barça qulayliklarga ega konteyner örnatilib, uning atrofi devor bilan öralgan, darvoza qilinib uy hovlisiga fuqarolarni qabul qiliş, suhbatlaşiş, murojaatlarini tinglaş uçun maxsus ayvon ham qurilmoqda», deyiladi xabarda.









