Prezident Şavkat Mirziyoyev ayollar orasida işsizlik masalasini bartaraf etiş böyiça töxtaldi.

«Bir oy muddatda har bir tumandagi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga ötayotgan kollejlarning böş turgan qismini, tadbirkorlar uçun öquv xonasi va işlab çiqariş sexi taşkil etiş uçun 30 yilgaça muddatga imtiyozli ijaraga beriş tartibini işlab çiqiş zarur.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov viloyat hokimlari bilan birga uşbu yangi tizim asosida joriy yil yakuniga qadar 50 ming nafar xotin-qizlarni öqitib, iş bilan ta'minlasin. Bunga Bandlik jamğarmasidan 70 milliard söm ajratiladi.

Xalq banki joriy yilda 70 mingga yaqin xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qiliş uçun 2 trillion söm kreditlar ajratilişiga şaxsan mas'ul. Şu kunga qadar bank tomonidan tadbirkorlik kurslarini yakunlagan 4 ming nafar xotin-qizlarga kreditlar ajratildi.

Oliy ma'lumotli böliş istagida bölgan, qobiliyati, bilimi bor, lekin taqdir taqozosi bilan orzusiga erişa olmagan xotin-qizlarni rağbatlantiriş tizimi joriy qilinadi. Ya'ni ota-onasining biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvçisi yöq yolğiz ayollarning kontrakt tölovini hokimiyat va oliygohlar qoplab beradi. Bunda, har bir viloyat hokimi mahalliy budjet hisobidan 100 nafar, har bir oliygoh esa, 50 nafardan xotin-qizlarning kontraktini tölab berişga mas'ul böladi. Tanzila Norboyeva uşbu işlarni taşkillaştirişga şaxsan boş-qoş böladi», deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.