“Zakovat” intellektual klubiga a'zo böliş uçun ariza berganlar soni 13 mingdan oşgan. Ularning 11 111 nafari yakka tartibda ariza topşirganlar bölsa, 1 932 kişi 322 ta jamoaga birlaşgan holda röyxatdan ötgan. Toşkent viloyati va şahrida kasting uçun ham minglab yoşlar yiğildi.

“Bunçalik köp iştirokçi bilan ötkazilgan intellektual öyin hali dunyoda bölmagan. Bu dunyo böyiça rekord darajada iştirokçilar qatnaşayotgan intellektual öyin bölmoqda.

“Zakovat” 20 yildan beri ekran orqali ilm ziyosini tarqatişdek savobli iş bilan şuğullanmoqda. 20 yildan beri şu iş bilan şuğullanayotgan inson sifatida bugungi kun hayotimdagi eng quvonçli kunlardan biri, deb ayta olaman. Bundan 20 yil oldin mart oyida “Zakovat” ilk bor taşkil topgandi. Bugun esa “Zakovat” qaytadan tuğildi”, deya yangi a'zolarni tabrikladi “Zakovat” teleboşlovçisi Abdurasul Abdullayev kastingda.

Kasting boşlanişida Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi raisi Komil Allamjonov ham sözga çiqib, yoşlarga omad tiladi.

“Bugun oldingizda imkoniyat eşiklari yana lang oçildi. Ulardan samarali foydalanaylik. Aslida, özi bugun şundoq ham keçga qolib böldik, ertaga esa yanada keç böladi. Vaqt bizga qarşi işlayapti. Lekin heçdan köra, keç bölsa ham, zudlik bilan oldinga qadam qöyaylik. 

Men klubimizning har bir a'zosini olamga keng qaraşga, ulkan maqsadlar qöyib, ular sari intilişga, öz ustida işlaşga, orzularini çeklamaslikka, heç qaçon taslim bölmaslikka va heç kimga, ilm yölidagi şahdingizni söndirmoqçi bölgan heç kimga quloq solmaslikka çaqiraman”,- dedi Komil Allamjonov yoşlarga murojaat qilib.

Fond raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva ham sözga çiqib, klubga a'zo bölgan xotin-qizlarni tabrikladi, ularni faol bölişga çaqirdi.

“Xotin-qizlarimiz qançalik faol, ilm-fan, madaniyat va tadbirkorlikka, siyosiy jarayonlarga qança köp hissa qöşadigan bölsa, yurtimizda baxtli va hayotidan mamnun ayollar şunça köp böladi. Aminmanki, xonadonida namunali beka, pazanda opa-singillarimiz özlarini ilm maydonida ham bemalol namoyon qila oladilar”, dedi Saida Mirziyoyeva öz nutqida.