Xalq ta'limi vazirligi va Ta'lim inspeksiyasi respublikadagi ta'lim darajasi yuqori bölmagan maktablar röyxatini tasdiqladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma'lum qildi.

«Vazirlik tomonidan ta'lim darajasi yuqori bölmagan umumta'lim maktablari böş ish örinlariga (vakant dars soatlari böyiça) boşqa hududlardan öqituvçilarni işga qabul qiliş sxemasi işlab çiqildi. Böş ish örinlari töğrisidagi ma'lumotlar bilan ish.uzedu.uz cayti orqali tanişiş mumkin», – deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, umumta'lim maktablarda öqituvçilarni işga oliş tartibi soddalaştirilgan: öqituvçilarni işga qabul qiliş böyiça XTBlardagi ayrim byurokratik tartiblar bekor qilingan va işga qabul qiliş maktab rahbarining vakolatiga ötkazilgan.

Ta'lim darajasi yuqori bölmagan umumta'lim maktablariga boşqa hududlardan işga qabul qiliş uçun böş ish örinlariga ikki va undan ortiq nomzodlar talabgor sifatida hujjat topşirgan hollarda nomzodlarni maktablardagi tanlov komissiyasi saralab oladi.

Hududlardan jalb qilingan öqituvçilarga maxsus ustamalar tölaş tartibi joriy öquv yilida amal qiladi. Joylarda öqituvçi-pedagoglar va jamoatçilikning takliflarini inobatga olgan holda yangi öquv yilidan jarayon takomillaştirib boriladi.

Eslatib ötamiz, prezident qaroriga asosan, 2021 yil 1 martdan boşlab:

  • bir ma'muriy birlik (viloyat) doirasida boşqa tuman va şaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan öqituvçilarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
  • boşqa ma'muriy birlik (viloyat)dan kelib faoliyat yuritayotgan öqituvçilarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar tölanadi.