Norma’ning yozişiça, hujjatda prezidentning «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-işlab çiqariş farmatsevtika klasterini taşkil etiş töğrisida»gi qaroriga muvofiq, Farmatsevtika texnik universiteti hamda innovatsion dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar işlab çiqarişga möljallangan işlab çiqariş maydonlaridan iborat sanoat zonasi taşkil etiş belgilangan.
Quyidagilar Klaster faoliyatining asosiy vazifalari etib belgilangan:
- innovatsion yeçimlarni joriy etiş orqali farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş;
- ixtisoslaştirilgan ta'lim infratuzilmasini yaratiş;
- investitsiyalar va ilğor texnologiyalarni jalb qiliş;
- dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani xalqaro standartlarga muvofiq işlab çiqariş;
- xorijiy mamlakatlarning yetakçi ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan aloqalarni rivojlantiriş.
Toşkent viloyatining Qibray tumanida klaster Direksiyasi taşkil etiladi. Hujjat bilan davlat muassasasi tuzilmasi, xodimlari soni tasdiqlangan.
Direksiya loyihaning ijro etuvçi organi, şuningdek qurilayotgan obektlar böyiça asbob-uskunalar, tovarlar, işlar va xizmatlarni qabul qilib oliş uçun mas'ul hisoblanadi.
Prezidentning «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-işlab çiqariş farmatsevtika klasterini taşkil etişni moliyalaştirişga doir birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga muvofiq, klasterni taşkil etiş loyihasini moliyalaştiriş uçun Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi tomonidan 50 mln dollargaça summada mablağlar ajratilişi nazarda tutilgan.












