Turkiyaning Çanakkale viloyatidagi Assos kurort şahrining qadimiy infratuzilmasi sayyohlar uçun xavf tuğdira boşlagan. Şu sababli şaharda ta'mirlaş işlari olib boriladi va u 500 kunga yopiladi, deb xabar berdi NTV telekanali.
Ta'kidlanişiça, şahar ustida turgan qoyalar qulaşni boşlagan va vaqti-vaqti bilan toş köçkilarini keltirib çiqarmoqda. Vaziyat Turkiya sohillarida oxirgi vaqtlarda seysmik faollikning kuçayişi natijasida murakkablaşmoqda.
Toş öpirilişlarining oldini oliş uçun xavfli qoyalarni urib maydalab taşlaş va qoyalar ustiga pölat tör yotqiziş közda tutilgan. Yarim yil davom etişi kutilayotgan ta'mirlaş işlari davomida qadimiy şahardagi kamida 19ta sayyohlik infratuzilmasi, jumladan mehmonxonalar, xostellar, restoran va kafelar, çoy boği va muzqaymoq dökoni yopiladi.
Eski portdagi restoranlardan birining boşqaruvçisi Tohir Çenavku tadbirkorlar ta'mirlaş işlariga qarşi bölmasligini aytgan.
“Biz xavfni anglayapmiz. Yozda qoyalar qulaşi xavfiga duç kelmasdik. Qişda esa bunday xavf mavjud. Qişda sayyohlik mavsumi bölmagani sababli, mijozlar ham bölmaydi. Şu sababli ta'mirlaş işlarini qişda amalga oşiriş maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz”, deb aytgan tadbirkor.
Avvalroq Turkiya mart oyidan koronavirusga nisbatan çeklovlarni yumşatişi xabar qilingandi.












