Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 1 mart kuni koronavirus sababli 3 oydan köproq vaqt oldin kiritilgan çeklovlardan keyin odatiy hayotga qaytiş jarayoni boşlanganini e'lon qildi.
Turkiya yetakçisining aytişiça, mamlakatdagi barça viloyatlar 4ta toifaga bölinadi va ularga turli ranglar beriladi: kök, sariq, zarğaldoq va qizil. Ranglar hududda koronavirus bilan boğliq vaziyatdan darak beradi. Erdöğan namoyiş qilgan xaritaga köra, Turkiyadagi asosiy turistik yönalişlar, jumladan Antaliya, Istanbul, Izmir va Mugluga zarğaldoq rang berilgan, bu esa uşbu şaharlarda koronavirus tarqalişi xavfi yuqori ekanini anglatadi. Bir qator markaziy viloyatlar, jumladan Anqara örta xavfga ega hudud deb topilgan.
“1 mart kunidan odatiy hayotga qaytiş böyiça nazorat qilinuvçi jarayon boşlanmoqda. Past va örta xavfga ega viloyatlarda dam oliş kunlari komendantlik soati töliq bekor qilinadi, yuqori va öta yuqori xavfga ega hududlarda esa faqat yakşanba kuni uydan çiqişga çeklov amal qiladi. Iş kunlari soat 21dan soat 5gaça amal qiluvçi komendantlik soati öz kuçida qoladi”, deb aytgan Erdöğan.
Bundan taşqari, kafe va restoranlar yana mijozlarni qabul qilişi mumkin. “Restoran va kafelar 50 foizga tölgan holda soat 7dan soat 19gaça mijozlarni qabul qilişi mumkin”, deb qöşimça qilgan Erdöğan. Biroq bu yumşatişlar infeksiya tarqalişi xavfi öta yuqori bölgan hududlarda amal qilmaydi.
Şu bilan birga, biror hududda vaziyat yomonlaşgudek bölsa, mahalliy ma'muriyat bunga mos ravişda tegişli çoralarni körişi mumkin.
Ayni vaqtda Turkiyada koronavirusga çalinganlar soni 2,7 mlndan oşib ketdi, 28 mingdan köproq kişi virusdan vafot etgan.












