VIP sözining hayotimizga şitob bilan kirib keliş davrini uyali aloqa tizimining dastlabki qadamlari, Özbekistondagi ilk «sotka»lar davriga boğlaş mumkin. Bu matoh har kimda ham yöq, boridan ham foydalaniş xizmati juda qimmat edi.

Kimda uyali telefon bölsa, u obröli odam bölgan davrlar. Ammo şu baxtlilar orasida ham bir toifa borki, ular aloqa kompaniyasining eng qimmat va hamma xizmatlarni jamlagan, bir söz bilan aytganda suhbatda çeklovni yöq qilgan «VIP» tarifidan foydalanadilar.

«VIP»çilarning obrösi aloqa kompaniyasi oldida ham baland – ularga alohida e'tibor qilinadi, mömay daromad beruvçi yaxlit mijoz-da. Taniş-bilişlar esa «falonçining telefoni «VIP» deb alqaşadi.

Asta-sekin aloqa narxlari arzonlaşdi. «VIP» tarifiga ham hojat qolmadi. Ammo bu paytga kelib, özbekça sözlaşuvga çuqur kirib ulgurgan bu atama bilan köz öngimizda ma'no köçişi röy berdi.

Endi biz uçun «VIP» – möl-kölçilikni, bemalolçilikni, öylanmay foydalanaverişni, xotirjamlikni va umuman «hammasi tölangan» degan tuşunçani anglata boşladi. Töyxona «VIP», maşina «VIP», oşxona «VIP», stadion «VIP»...

Qisqa qilib aytganda, haşamdor mehmonxonalardagi rusçasiga «Vsyo vklyuçeno» (inglizça all inclusive) atamasini biz «VIP» deya ifodalay boşladik.

Xöş, bu dabdaba ufurib turadigan «VIP» atamasi nimani anglatadi?

Inglizçasiga Very Important Person yoki VIP abbreviaturasi «juda muhim şaxs», «rahbar», «yuqori martabali şaxs», «badavlat korçalon» kabi ma'nolarni anglatib, öziga xos imtiyozlardan foydalanuvçi insonlarga nisbatan işlatiladi.

Ruslar bu sözni özlariga moslab – «Vesma imenitaya persona» (VIP) şaklida ham işlatişadi.

Bu atama dastlab 1940 yillarda Buyuk Britaniya aviatsiyasida öziga xos e'tibor va xizmatlarni talab qiluvçi yölovçilarga nisbatan qöllana boşlagan. Tez orada atama boşqa sohalarga ham ötib, u orqali şou-biznes vakillariga, siyosatçilar, yirik xaridorlarga va umuman badavlat hamda taniqli şaxslarga ta'rif berilgan hamda ular alohida imtiyozlardan foydalanişini anglatgan.

Qisqa qilib aytganda, bu söz (aniqroği abbreviatura) aslidagi ma'nosiga köra köpçilik öylaganiday ma'lum bir xizmat turi, vaziyat yoki alohida e'tiborni emas, şunga loyiq körilgan şaxsni anglatadi.