Lafz, boşqaça aytilsa, til bilan berilgan va'da insonning atrofdagilar orasida subutli yoki subutsiz ekanini belgilaydi. Agar u lafzida tursa, demak, unga tevarak atrofdagilarning işonçi ortib boradi. Teskarisi bölsa, aksinça, heç kim işonmay qöyadi. 

Biroq işonçni saqlaş ham oson emas. Ba'zida bu ança qimmatga tuşişi ham mumkin. Lekin saqlay biliş kerak. Çunki hadisi şarifda aytilgan: “Va'da qarzdir”. Bu – jiddiy gap. Biror kişiga va'da berişdan oldin öylab köriş, keyin va'dani bajarişning harakatida böliş kerak. Şunday qilinganidagina doimiy, köp yillik işonç va obröga ega bölib borilaveradi. 
Dunyo tajribasiga e'tibor qiladigan bölsak, olamga donği ketgan şunday şirkatlar va konsernlar borki, ular bu darajadagi obro‘ hamda muvaffaqiyatlarga erişuvining asosiy sabablaridan biri lafzga mas'ullikdan, deb bemalol aytiş mumkin. Albatta, ularning faoliyatlarida yuqorida ta'kidlab ötilgan qoidalarning deyarli hammasini topiş mumkin.

Sut mahsulotlari va şarbatlar işlab çiqaruvçi xorijiy şirkatning yurtimizdagi vakilligida işlaydigan Nodirjon ismli yigit hikoya qilişiça, şirkat odamlari nihoyatda toza işlaydi; nohaqlikka umuman yöl qöyilmaydi, kimning ğirrom yoki yolğonçi ekani sezilib qolsa, u işdan çetlatiladi. Qişloqlardan va mahallalardan sutni yiğib olişga maxsus odamlar hamda xizmat maşinalari tayinlanadi; sut odamlardan qimmat narxda sotib olinadi, har bir joyning suti alohida idişga solinib, bu haqda tegişli belgi qöyiladi. Sotib olingan sutlardan tahlil uçun ozginadan namuna olinadi va to laboratoriya natijalari çiqqunça qolgan sutning hammasi sovitgiçlarda saqlanadi, bir qança soatdan keyin tahlil natijasi tayyor böladi: şunga köra, agar sut yaroqli bölsa, işlab çiqarişga kiritiladi, agar yaroqsiz bölsa, maxsus ajratilgan joyga tökiladi; öşa sut olingan joyning odamlari işonçni oqlamagan hisoblanadi va boşqa ulardan sut olinmaydi. Suv işlab çiqariş ham şu darajadagi aniqlik va halollik asosida işlaydi. Işlab çiqarilgan suv ham, sut ham birdaniga sotuvga çiqarilmaydi, balki katta katta qismlarga ajratilib, maxsus joylarda ma'lum bir vaqtgaça saqlanadi. Nazorat vaqti ötib bölgaç, har bir qism içidan yana tahlil uçun namunalar olinadi, xuddi avvalgidek, tahlil natijasi çiqquniça tayyor mahsulot sotuvga çiqarilmay töxtatib turiladi. Natija ijobiy bölsagina, şoxobçalarga tarqatiladi. Bordi yu, tahlil natijasi salbiy bölsa, öşa qism heç açinmasdan yöq qilib taşlanadi. Iş şu bilan tugamaydi. Sotuv şoxobçalari ham nazorat qilinadi. Agar ular mahsulotni saqlaş qoidasiga amal qilişmayotgani yoki narxni kelişilganidan insofsizlarça oşirib yuborgani aniqlansa, öşa savdo taşkiloti bilan, garçi juda köp mahsulot xarid qilayotgan bölsa ham, lafzsizligi sabab, iqtisodiy aloqa töxtatiladi. 

Ana sizga lafzga mas'ullik va halollikka munosabat. E'tibor qilgan bölsangiz, laboratoriya natijasi salbiy bölganida, qançalab pul evaziga qölga kiritilgan xom aşyo yoki tayyor mahsulot taşlab yuboriladi, foyda ziyonga qaramay, noinsofligi ma'lum bölib qolgan hamkorlar bilan aloqa butunlay uziladi. Bu xarajatlar pulga çaqib körilsa, yaxşigina kamomad, yöqotiş bölayotganini seziş qiyin emas. Lekin kim sözda ham, işda ham halol bölsa, Alloh taolo barakot ato etadi. Biz bilmaymiz, yolğiz Uning Özi biladi.