Nemis tilining Duden luğati «bahaybat sözlar» röyxatini yangiladi. Odatda ular orasida yuridik va ma’muriy atamalar köp uçraydi. Bu safar mutaxassislar sönggi ön yil içida kamida beş marta ommaviy axborot vositalarida paydo bölgan uzun sözlarni örganişdi.
Birinçi örinda Grundstücksverkehrsgenehmigungszuständigkeitsübertragungsverordnung sözi qayd etildi. U 67 harfdan iborat bölib, «yer uçastkasi bitimini tuzişda yurisdiksiyani ötkaziş qoidasi», deb tarjima qilinadi.
Undan keyingi örinlarni 58 harfli Llanfairpwllgwyngyllgogerychwyrndrobwllllantysiliogogogoch (Uels şimoli-ğarbiy qismidagi Englsi oroli jamoasi) va Straßenentwässerungsinvestitionskostenschuldendienstumlage (yöl drenajiga investitsiyalar uçun qarzga xizmat körsatiş ajratmalari) egalladi.
Ginnes rekordlar kitobiga köra, rus tilidagi eng uzun söz 35 harfdan iborat — «prevysokomnogorassmotritelstvuyuşçiy».
Google ma’lumotlariga köra, özbek tilidagi eng uzun söz 36 harfdan iborat – «Mexanizatsiyalaştirilmaganligidandirda».











