Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «2021–2030 yillarda kambağallikni qisqartiriş strategiyasini tasdiqlaş töğrisida»gi prezident qarori loyihasi joylandi.

Loyihaga köra, 2030 yilgaça Özbekistonda kam ta'minlanganlik darajasini ikki barobarga qisqartiriş közda tutilmoqda.

Strategiya qisqa va örta muddatlarda (2021–2025 yillarda) hamda uzoq muddatlarda (2026–2030 yillarda) amalga oşirilişi belgilanmoqda.

Loyihada quyidagi maqsadli indikatorlarga erişiş közlangan:

  • «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» orqali kambağal aholining ijtimoiy himoyasini 2025 yilda 85 foizgaça, 2030 yilda esa 100 foiz yordam bilan qamrab oliş;
  • kambağal aholining iş bilan ta'minlaşiga töliq erişiş, bunda bosqiçma-bosqiç oşiriş orqali yiliga 100 mingdan ortiq ehtiyojmand va mehnat bozorida teng şartlarda raqobatlaşa olmaydigan fuqarolar uçun iş örinlarini kvotalaş;
  • özini özi band qiliş istagida bölgan kambağal aholi qatlamlarining 50 ming nafarini röyxatga oliş, faoliyatini boşlaş, mehnat qurollari sotib oliş va boşqa maqsadlar uçun subsidiyalar ajratiş;
  • kambağal aholi qatlamini kasb-hunar, xorijiy til va tadbirkorlik könikmalariga öqitiş hamda tanlagan yönalişi böyiça mikrokreditlar ajratiş orqali faoliyatini boşlaşi bilan 50 ming nafar kambağal aholi bandligini ta'minlaş;
  • kambağal oilalar farzandlarining maktabgaça ta'lim bilan qamrov darajasini örtaça qamrov darajasidan oşiriş, 2025 yilga borib 600 ming, 2030 yilga borib esa 800 ming nafar ehtiyojmand va kam daromadli oilalar farzandlariga öquv yili boşida bir martalik öquv qurollari va kiyim-keçaklar sotib olişi uçun yordam pullarini ajratiş, ehtiyojmand oilalar farzandlaridan 2 mingdan 5 ming nafarigaça oliy öquv yurtlarida tahsil olişiga kömaklaşiş;
  • nogironligi bölgan kambağal oilalar farzandlarining ijtimoiy himoyasi, ta'lim olişi va soğliğini tiklaş çoralarini yanada kuçaytirişga e'tibor qaratiş;

kambağal aholining soğliqni saqlaş xizmatlaridan 100 foiz bepul foydalanişiga imkoniyat yaratiş, maxsus reyestrlarga kiritilgan ehtiyojmandlardan 5 ming nafariga har yili soğliğini tiklaş va soğlomlaştiriş maqsadida şifoxonalarga order va sihatgohlarga yöllanmalar ajratiş.

Şuningdek, hujjatda uy-joyga muhtoj, oğir turmuş şaroitlarida yaşayotgan kambağal aholi qatlamlariga, birinçi galda xotin-qizlarning har yili 1 ming 500 nafarini uy-joy bilan ta'minlaş, 10 ming nafarigaça ijara tölovlarini qoplab beriş, kam daromadli oilalarning 20 ming nafariga arzonlaştirilgan köp qavatli uylardan xonadon sotib olişi uçun boşlanğiç badal va subsidiyalar tölab beriş nazarda tutilmoqda.