Dastlab, Toşkent vaqti bilan soat 2:52da sodir bölgan zilzila kuçi Özbekistonning tört hududida 2 balldan 4 ballgaça magnitudada qayd etilgan.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga köra, zilzila episentri Toşkent şahridan 48 kilometr janubiy-şarqiy yönalişdagi masofada joylaşgan bölib, öçoği 10 kilometr çuqurlikda, magnitudasi 4,4 ballga teng bölgan.
Zilzila Özbekiston hududida:
- Toşkent: 48 km, 4 ball;
- Namangan: 183 km, 2 ball;
- Guliston: 75 km, 3 ball;
- Jizzax: 164 km, 2 ball.
Şuningdek, Toşkent vaqti bilan soat 6:04da Özbekiston-Qirğiziston çegarasida yana bir yer silkinişi qayd etilib, uning kuçi vodiy viloyatlarida sezilgan.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga köra, zilzila episentri Toşkent şahridan 252 kilometr janubiy-şarqiy yönalişdagi masofada joylaşgan bölib, öçoği 13 kilometr çuqurlikda, magnitudasi 4 ballga teng bölgan.
Zilzila Özbekiston hududida:
- Namangan: 86 km, 2 ball;
- Andijon: 72 km, 2 ball;
- Farğona: 18 km, 4 ball.
Yer yuzida 4 mart kuni 150ga yaqin zilzila sodir böldi. AQŞning Geologiya xizmati ma'lumotlariga köra, turli xil magnitudadagi zilzilalar Ispaniya, Xitoy, Yaponiya, Gretsiya, Ğarbiy Turkiya, Islandiya, Nikaragua, Yangi Zelandiya va boşqa davlatlar hududida röyxatga olingan. Zilzilaning eng kuçlilari (7,3 dan 8,1 magnitudagaça) Yangi Zelandiya qirğoqlari yaqinida qayd etildi.












