Kun.uz muxbirining tadbirdan xabar berişiça, prezident öz nutqini ayollarni tabriklaşdan boşladi va şunday dedi:

“Hamma harakatlarimizda ayollarimiz, muqaddas onalarimizni rozi qiliş yotadi. Mana şunday paytda, siz azizlarning şa'ningizga madhiyalar aytiş uçun odam şoir bölib tuğilmaganiga afsuslanib qoladi. Sizlar biz uçun avvalo muqaddas ona, aziz vatan, oila timsoli, bitmas-tuganmas mehr, ezgulik va kuç-ğayrat manbaidirsiz. Bu azaliy haqiqatni, murakkab pandemiya şaroitida, ayniqsa, çuqur his etmoqdamiz.

Sizlarning barça sohalardagi fidokorona mehnatingiz hisobidan mamlakatimizning qudrati va salohiyati, xalqaro obro‘-e'tibori tobora ortib bormoqda. 

Bugun barça sohalarda marrani juda katta olyapmiz, ulkan dasturlar, reja va loyihalarni amalga oşiryapmiz. Ular, birinçi navbatda, onalarimiz, opa-singillarimiz, aziz farzandlarimizning hayoti va mehnat şaroitini yaxşilaşga qaratilgan. 

Fursatdan foydalanib, barçamizga doimo toğdek tayanç bölib kelayotganingiz uçun sizlarga, butun Özbekiston xotin-qizlariga çuqur minnatdorçilik bildiraman. Bugungi davramizda iştirok etayotgan xorijiy davlatlarning hurmatli elçilari va xalqaro taşkilotlar vakillarini ham çin dildan qutlayman. Mamlakatimiz bilan samarali hamkorlik uçun ularga samimiy taşakkurimni izhor etaman”, – dedi prezident.

Avvalroq, Şavkat Mirziyoyev 8 mart munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni mukofotlagandi.