Sönggi bir neça yilda yaşin tezligida ommalaşgan Telegram millionlab insonlarning muloqot odatlarini özgartirib yubordi. Bu messenjer özbekistonliklar hayotiga ham çuqur kirib bordi.
Ilovaning katta tezlikda ommalaşib borişi biznes uçun ham yangi imkoniyatlarni yaratdi. Xususan, asosan Telegram'dagi kanallarda reklama tarqatişga ixtisoslaşgan kompaniyalar vujudga keldi.
Ana şunday kompaniyalardan biri – ClickMe reklama-marketing agentligi Telegram'ning özbek segmentidagi 200dan ortiq kanallarga reklama joylaştiriş bilan şuğullanadi. Kun.uz uşbu kompaniya asosçisi Timur Bakiyev bilan suhbat taşkil etdi.
— Keling, avval Telegram Özbekistonda qanday ommalaşa boşlagani haqida gapirsak. Ilova 4-5 yil oldin maşhur böla boşlagan edi. Öşa paytda Özbekistondagi messenjerlar orasida yetakçi bölgan WhatsApp nima sababdandir bloklangani Telegram'ning ommalaşişida birinçi katta tölqin vazifasini bajargandi.
Ikkinçi omil – smartfonlar narxlari. 4-5 yil oldin Özbekiston bozorida sifatli smartfonlar qimmatligi bois köp emasdi. Ötgan yillar mobaynida esa aholining aynan smartfon işlatişi sezilarli darajada ortdi.
Bunga sabablardan biri – narxi 100 dollargaça bölgan arzon Xiaomi smartfonlarining bozorga kirişi böldi. Endi yaxşi smartfonlar avvalgidek 300-400 dollar emas. Şunday qilib, köproq odamlar smartfon sotib ola boşladilar va ular örnatgan birinçi ilova Telegram böldi. Çunki atrofdagi hamma aynan şu messenjerdan foydalanayotgan edi.
Boşqa bir omil esa Telegram'da kanal oçiş imkoniyati paydo bölgani edi. Bu imkoniyat paydo bölişi özbek tilida sözlaşuvçi aholi jiddiy axborot tanqisligini his qilayotgan paytga töğri keldi.
Masalan, sayt oçiş uçun sizga dasturçi kerak, serverlar kerak, saytni olib boradigan muharrirlar kerak. Eng muhimi, bizga tahririyat siyosati kerak. Töğrimi? Telegram kanallari paydo bölişi bilan bu ança osonlaşdi.
Misol uçun, futbolga qiziquvçi odam şunçaki Telegram'da kanal oçadi va u yerda jonli efirlar olib boradi, gollar kiritadi va bu öz-özidan ommalaşib ketadi.

Telegram tezda ommalaşib ketişining texnik sabablari ham bor. Bizda hali internet juda kuçsiz va qimmat. Masalan, Qozoğistonni olaylik, trafik arzon, ovozli qönğiroqlar esa Özbekistonga qaraganda qimmat. Bizda-çi? Bizda aksinça, trafik qimmat, telefonlaşiş esa arzon.








