Juda çiroyli va foydalanişga qulay
Vaqtdan özib ketadigan konstruktorlik ğoyalari bor. Undan taşqari, bozordagi tovarlar orasida özining örnini darrov topa olmaydigan dizaynerlik işlanmalari ham bor. Biroq iqtidorli mualliflar bizni qaçondir xonadonlarda paydo bölib qoladigan betakror mahsulotlari bilan xuşnud etişda davom etişadi.
Dunyodagi eng yaxşi duş – Vladimir Polikrapov tomonidan işlangan suvni tejovçi ORA Shower tizimi. Ajoyib va ğaroyib akril duş kabinasi nafaqat estetik jihatdan çiroyli körinadi, balki suvni tejaydi ham. ORA Shower suvni qayta işlatiş texnologiyasiga asoslangan. U suvni yutadi va çiqarib beradi, keyin suvni hojatxona, kir yuviş maşinasi va suğoriş tizimlariga qayta taqsimlab uzatadi.

Albatta, avvalo, bu juda ham gözal, yorqin va jozibador duş kabinasi. Pölat va akril, qora va oltin rang, raqamli boşqaruv paneli, çiroyli tagçiroq, ustidan suv oqib tuşuvçi maftunkor barg – bularning bari hayratli körinadi.

Nazariy jihatdan, parni yiğiştirib oliş va uy şaroitida suvdan qayta foydalaniş hammomda suv sarfini 50-70 foizga qisqartirişi mumkin. Lekin, aftidan, duş kabinasida bu eng asosiysi emas.
Bu işlanma «Hammomlar uçun mebel va santexnika» körgazmasining eng oliy Platinum A’Design Award mukofotiga sazovor böldi. Çiroy va texnologiya tayyor mahsulotlar bozoridagi aniq narxlar bilan aloqasi yöqligi aniq – yangilikning qiymati aniqmas.








