Citroen kompaniyasi Frankfurt avtosaloniga Rip Curl kompaniyasi bilan yaratilgan Spacetourer miniveni kontseptini olib keladi. Avtomobil tabiat qöyniga uzoq safarlarga möljallangan. Bu haqda fransuz kompaniyasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Miniven töliq privodli uzatmalar qutisi va orqa bloklovçi differensial bilan jihozlangan, bu esa avtomobilning qiyin yöllardagi yuriş sifatlarini oşiradi.

Avtomobil jihozlari qatoriga uning tomiga örnatiluvçi maxsus tent kirgan. Qiziği, avtomobil duş bilan jihozlangan. Unga suv yukxona eşigi içiga örnatilgan bakdan keladi. Kontsept-kar şuningdek yiğiluvçi stolça va gaz plitasi, rakovina va şkaflarga ega oşxona blokini olgan.

Bundan taşqari, jihozlar orasida buyumlar uçun suv ötkazmaydigan idiş, meteostansiya, seyf, muzlatgiç hamda serfing doskalari uçun mahkamlagiçlar közda tutilgan. Minivenda 4 kişi joylaşişi mumkin. Yiğilgan orqa örindiqqa matras qöyiş mumkin, bu yerda yana ikki kişi joylaşa oladi. Yana bir joy tomda, suv ötkazmaydigan tent ostida bor.

Citroen kompaniyasi Spacetourer Rip Curl modelidan taşqari, Frankfurtga yangi avloddagi S3 Aircross krossoveri hamda Courreges modalar uyi bilan birgalikda yaratilgan E-Mehari elektr krossoverining maxsus versiyasini olib keladi.

Frankfurt avtosaloni Yevropadagi eng yirik motorşou bölib, bu yili 14-24 sentabr kunlari bölib ötadi.