Faqat Toyota xodimlari uçun

Toyota Motor korporatsiyasi tez va qat'iy tarzda öz unikal şahrini qurişga kirişdi. 2020 yilning yanvar oyida Fudziyama atroflarida Woven City «aqlli şahri» qurilişi haqida ilk xabarlar paydo bölgandi. Bugungi kunga kelib, avtogigantning barça istaklari mahalliy hukumat tomonidan tasdiqlandi va quriliş boşlandi.

«Biz kelib çiqişi turliça bölgan odamlar baxtli hayot keçiradigan kelajak yaratiş vazifasini öz oldimizga qöydik. «Töqilgan şahar»ning unsurlari inson uçun atalgan va jonli laboratoriya muttasil rivojlanib boradi. Toyota’ning «doimiy taraqqiyot» ma'nosini beruvçi «kayzen» ruhini yangi şahar meros qilib olajak», deydi Toyota Motor prezidenti.

Yapon korporatsiyasi yangi faoliyat turini – şaharlar qurişni özlaştirişi darkor. Unga Nippon Telegraph and Telephone kompaniyasi hamkor böladi. Quriliş bilan esa, Toyota Woven Planet Holdings kompaniyalar guruhining Woven Alpha bölinmasi şuğullanadi.

Woven City kelajak şahri Toyota’ning Fudziyama etaklarida joylaşgan sobiq zavodi yerlarida quriladi. 700 ming kvadrat metr joyda 7 ming nafar xodim işlagan. 53 yillik faoliyatidan söng korxona ötgan yil oxirida yopildi.

Woven City futuristik şahri innovatsion texnologiyalar uçun sinov poligoni böladi – eng yangi avtomobillardan to robototexnika va sun'iy intellektgaça. Ilk bosqiçda şaharda faqat Toyota Motor xodimlari va ularning oilalarigina yaşaşadi.

Woven City’ning barça köçalari uç kategoriyaga ajratiladi: haydovçisiz transportlarga, velosiped minuvçi odamlarga va elektrda harakatlanuvçi şaxsiy ulovlar va piyodalarga. Barça yuk taşuvçi transport vositalari yer ostida harakatlanadi.

Jahonning boşqa aksar aqlli şaharlari kabi Toyota Woven City ham faqat tiklanuvçi energiyadan – barça binolar tomlaridagi quyoş panellaridan tortib to vodorod yonilğisi bölmalarigaça foydalanadi. Qurilişning ilk bosqiçiga 70 gektar yer ajratilgan bölib, unda 2 mingdan ortiq odam yaşaşi va işlaşi uçun turar joylar quriladi. Tokiogaça masofa 100 kilometr böladi va şaharçaning barça aholisi poytaxtga tez yetib oliş imkoniga ega böladi.

Soliştiriş uçun: Senegalda qiymati 6 milliard dollarlik aqlli şahar qurilişi boşlab yuborilgan. 2020 yilning 31 avgustida taniqli R&B xonandasi Eykon (Acon) Senegal poytaxti Dakardan 100 kilometr uzoqlikda joylaşgan kelajak şahrining birinçi ğiştini qöyib bergandi.