Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki mablağlarini jalb qiliş orqali “Özbekiston Respublikasida zamonaviy iqtisodiyot uçun malakalarni rivojlantiriş” loyihasini samarali amalga oşirişni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Mehnat bozori va professional ta'lim tizimi örtasidagi özaro aloqadorlikni mustahkamlaş, aholining iş bilan bandligi va professional ta'lim tizimlarini boşqarişni takomillaştiriş, Özbekiston va Osiyo taraqqiyot banki örtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytiriş loyihaning maqsadi hisoblanadi.

Loyihaga köra:

  • «Zamonaviy iqtisodiyot uçun malakalarni rivojlantiriş» loyihasini moliyalaştiriş uçun 2020 yil 11 dekabrda Osiyo taraqqiyot banki direktorlar kengaşi imtiyozli resurslar hisobidan 5 yillik imtiyozli davrni öz içiga olgan 25 yilda qaytariş şarti bilan 93 mln AQŞ dollari miqdorida qarz berişni ma'qullagan;
  • loyihaning umumiy qiymati 162 mln AQŞ dollarini, jumladan:
  • 93 mln AQŞ dollari – Osiyo taraqqiyot banki qarzini;
  • 69 mln AQŞ dollari – loyihani amalga oşirişda Özbekiston uluşini taşkil etadi.

Loyihada Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 14ta kasb-hunarga öqitiş markazi hamda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining 6ta professional ta'lim muassasalarida quriliş/ta'mirlaş işlarini, jumladan binolar va asbob-uskunalarni saqlab turiş, ularga texnik xizmat körsatişni moliyalaştiriş parametrlari tasdiqlanadi.

Şu bilan birga:

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qarz maqsadli sarflanişi, loyiha samarali amalga oşirilişi, şuningdek, loyiha doirasidagi tadbirlarni umumiy muvofiqlaştiriş böyiça mas'ul ijro etuvçi organ;

Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi öz tasarrufidagi muassasalarda loyihani amalga oşiriş böyiça mas'ul organ sifatida belgilanmoqda.

Loyiha bilan «Zamonaviy iqtisodiyot uçun malakalarni rivojlantiriş» loyihasini texnik-iqtisodiy asoslaşning asosiy texnik-iqtisodiy körsatkiçlari, «Zamonaviy iqtisodiyot uçun malakalarni rivojlantiriş» loyihasini amalga oşiriş doirasida Osiyo taraqqiyot banki imtiyozli qarzini qaytariş va foiz tölovlarini tölaş prognoz jadvali tasdiqlanmoqda.

Özbekiston moliya vaziriga «Zamonaviy iqtisodiyot uçun malakalarni rivojlantiriş» loyihasini amalga oşiriş uçun 93 mln AQŞ dollari miqdorida Osiyo taraqqiyoti banki qarzini jalb etiş uçun Özbekiston va Osiyo taraqqiyoti banki örtasida qarz bitimini Özbekiston nomidan imzolaş vakolati berilmoqda.