Qişloq xöjaligi vazirligi hamda Fermerlar kengaşi fermerlar, dehqon xöjaliklari rahbarlari va çorvadorlarga murojaat bilan çiqib, 18 apreldan 18 maygaça Özbekistonda «Çorvaçilikda sanitariya-epidemiya-gigiyena» oyligi e’lon qilinganini bildirdi.

Murojaatda qayd etilişiça, bugungi kunda dunyoda ekologik muvozanat va iqlim özgarişi natijasida çorva hayvonlari orasida turli yangi kasalliklar yuzaga kelmoqda. Xususan, xorijiy davlatlarda çorva mollari örtasida oqsil (yaşur) kasalligi tarqaliş xavfi kengaymoqda. Jahon hayvonlar soğligi taşkiloti ma’lumotiga köra, 2025–2026 yillarda 48 ta davlatda uşbu kasallikning yangi SAT tiplari qayd etilgan bölib, amalda qöllanilayotgan vaksinalar bu tiplarga qarşi töliq himoya qilmaydi. Şu sababli kasallik tarqalişining oldini olişda barça fermer va çorvadorlarning mas’uliyati va faol iştiroki nihoyatda muhim hisoblanadi.

Şu munosabat bilan, xöjalik va fermalarda veterinariya-sanitariya tartiblariga qat’iy rioya qiliş, kiriş joylarida dezinfeksiya vositalarini taşkil etiş, begona şaxslar va transport vositalarining kirişini çeklaş, hayvonlarni saqlaşda zoogigiyenik talablarga amal qiliş, ularni sifatli ozuqa va toza suv bilan ta’minlaş, hududni doimiy tozalikda saqlaş hamda zararli jonivorlarga qarşi kuraşiş zarurligi bildirildi.

«Agar hayvonlarda kasallikka şubha tuğilsa, ularni darhol boşqalardan ajratiş, veterinar kelguniga qadar izolyatsiya qiliş va heç qanday dori vositalarini mustaqil qöllamaslik talab etiladi», – deyiladi murojaatda.

Ta’kidlanişiça, oqsil kasalligi alomatlari – yuqori harorat, oğiz böşliğida va tuyoqlarda yaralar, elinda şikastlanişlar kuzatilganda zudlik bilan veterinariya vraçiga murojaat qiliş şart. Bunday holatlarda binolarni dezinfeksiya qiliş, hayvon mahsulotlarini hududdan taşqariga çiqarmaslik va sutni qaynatmasdan iste’mol qilmaslik lozim.

«Çorva hayvonlarini öz vaqtida emlaş kasallikning oldini olişda eng samarali çoradir. Qoramollar yiliga ikki marta (bahor va kuzda), qöylar esa yiliga bir marta emlanişi zarur. Zarur hollarda 2,5–3 oylikdan katta barça hayvonlar majburiy emlanadi va emlaşdan söng 15–21 kun içida immunitet şakllanadi», – deyiladi murojaatda.

Qişloq xöjaligi vazirligi hamda Fermerlar kengaşi çorva salomatligini saqlaşda tozalik va veterinariya qoidalariga amal qiliş eng muhim omil ekanini bildirib, fermerlar va çorvadorlardan mazkur oylik doirasida barça profilaktik va epizootik tadbirlarni uyuşqoqlik bilan amalga oşirişga çaqirdi. Kasallikning oldini oliş böyiça