Uçraşuvda Özbekiston-Turkiya köp qirrali munosabatlarini rivojlantirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Davlat rahbari oliy darajadagi muntazam muloqotlar mamlakatlarimiz örtasidagi döstlik riştalari va strategik şeriklikni yanada mustahkamlaş, özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş va uni aniq mazmun bilan boyitişga xizmat qilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Mavlud Çovuşöğli samimiy qabul uçun Özbekiston prezidentiga minnatdorlik bildirdi  hamda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.

Suhbat çoğida ötgan yil fevral oyida Anqara şahrida ötgan Strategik hamkorlik kengaşining davlat rahbarlari darajasidagi birinçi yiğilişida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş hamda navbatdagi sammitni mamlakatimizda ötkazişga tayyorgarlik köriş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Savdo-iqtisodiy sohada hamkorlikni kengaytiriş, jumladan, Turkiyaning yetakçi kompaniyalari iştirokida mamlakatimizda yangi investitsiya loyihalarini tayyorlaş va amalga oşiriş muhimligi qayd etildi.

Faol hududlararo muloqotni rivojlantiriş, qöşma ta'lim va madaniy-gumanitar dasturlarni ilgari surişdan ikkala mamlakat ham manfaatdor ekani ta'kidlandi.

Xalqaro siyosat va mintaqaviy şeriklik, jumladan, Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti va Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almaşildi.