Bu masalalar 9 mart kuni Toşkentda Özbekiston va Turkiya taşqi işlar vazirlari uçraşuvida muhokama qilindi. Bu haqda Özbekiston TIV xabarida aytilgan.

Abdulaziz Komilov va Mavlud Çovuşöğlining özaro uçraşuvi bilan birgalikda ular boşçiligida Strategik rejalaştiriş guruhining ikkinçi yiğilişi ham bölib ötdi.

Yiğilişda qator masalalar, xususan oliy darajadagi Özbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengaşining ikkinçi yiğilişiga tayyorgarlikning taşkiliy masalalari körib çiqildi.

Turkiya tomoni «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya, «Şarq taronalari», baxşiçilik san'ati, hunarmandlar xalqaro festivallari va boşqa tadbirlarga taklif qilindi.

Strategik rejalaştiriş guruhi yiğilişi yakunlangaç, ikki mamlakat taşqi siyosiy idoralari rahbarlari Özbekiston va Turkiya Taşqi işlar vazirliklari örtasida 2022-2023 yillarga möljallangan hamkorlik dasturi va Tarjima xizmatlari sohasida özaro anglaşuv memorandumini imzoladilar.