Markaziy bank: yanvar - fevral oylarida respublikaga 892 million dollar kelib tushdi
O‘tgan ikki oyda O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalar hajmi 2020 yilning mos davriga nisbatan 107 million dollarga oshdi.
Markaziy bank 2021 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, o‘tgan ikki oy davomida O‘zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan 892 million dollar mablag‘ yuborilgan va pul o‘tkazmalari hajmi 2020 yilning mos davriga nisbatan 107 million dollarga yoki 14 foizga oshgan.
Chet elga yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari miqdori 215 million dollarga yetdi. Natijada xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo qariyb 677 million dollarni tashkil etdi.
- Bundan avval, yanvar oyida O‘zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan 427 million dollar pul jo‘natilgani, xorijga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari esa 101 million dollarga yetgani xabar qilingandi.
- Shuningdek, Markaziy bank 2020 yilda mamlakatga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 6,03 milliard dollarni tashkil etib, 2019 yilga nisbatan 17 million dollarga yoki 0,3 foizga oshganini ochiqlagan.
Mavzuga oid
17:46 / 26.12.2024
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 60 mlrd dollardan oshdi
19:05 / 25.12.2024
Apple Pay va Google Pay O‘zbekistonga kirishni nega rad etayotgani ma’lum bo‘ldi
11:21 / 25.12.2024
Markaziy bank Islomiy moliyaviy xizmatlar kengashiga a’zo bo‘ldi
19:59 / 18.12.2024