O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari iyul oyida 589,8 mln dollarga ko‘payib, 1-avgust holatiga 64,34 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank taqdim etgan hisobotda keltirib o‘tilgan.

O‘tgan oy davomida zaxiralarning valyuta qismi 208,6 mln dollarga, oltin qismining qiymati 365,2 mln dollarga ko‘paydi. O‘z navbatida zaxiralar tarkibida oltinning fizik hajmi 13,9 mln troya unsiyadan 13,8 mln troya unsiyaga qisqargan.

Regulyator investitsiya kiritgan qimmatli qog‘ozlar portfeli keskin kamayib, 2,86 mlrd dollardan 1,76 mlrd dollargacha pasaygan.
«O‘zbekiston Respublikasining yalpi xalqaro zaxiralari hajmi 2026-yil iyul oyida 0,59 mlrd dollarga oshdi. Xususan, oy davomida oltin narxining 4016,7 dollardan 4052,2 dollargacha o‘sishining ta’siri +0,49 mlrd dollarni tashkil etdi», deyiladi MB izohida.