Norma’ning yozişiça, prezidentning «Özbekiston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoniga muvofiq, Ommaviy-madaniy va konsert-tomoşa tadbirlarining yillik kalendar rejalarini şakllantiriş va tasdiqlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:
- ommaviy-madaniy va konsert-tomoşa tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş hamda ularda qatnaşişning yaxlit tizimini şakllantiriş;
- ommaviy-madaniy va konsert-tomoşa tadbirlarining yillik kalendar rejalarini şakllantiriş va tasdiqlaş;
- kalendar rejalarda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalaştiriş.
Belgilanişiça, kalendar rejalar tegişliça Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar, Toşkent şahar, tumanlar va şaharlar hokimliklari qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Konsert-tomoşa faoliyatini amalga oşiruvçi şaxslar tomonidan davlat organlari va taşkilotlari buyurtmalariga asosan barça xizmatlar yozma şaklda tuziladigan şartnoma asosida haq tölaş evaziga körsatiladi.
Kalendar rejalarda nazarda tutilgan tadbirlar Özbekiston respublika budjeti va Qoraqalpoğiston Respublikasi budjeti, viloyatlar, Toşkent şahar, tumanlar va şaharlar mahalliy budjetlari mablağlari hisobidan, buyurtmaçi mablağlari, şuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan moliyalaştiriladi.








